Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
Yetti qavatli mazkur bino 2000 o‘ringa mo‘ljallangan. Barcha o‘quv xonalari interaktiv doskalar va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan taʼminlangan.
✅ Bu yerda 12 ta maʼruza zali, jahon standartlariga mos simulyatsiya markazi joylashgan. Bitta qavat to‘liq stomatologiya yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan va u eng ilg‘or stomatologik asbob-uskunalar hamda texnologiyalar bilan jihozlangan.
🖥 Binodan asosan klinik kafedralar o‘rin olgan. Institut klinikasi va mazkur o‘quv binosi o‘rtasida telemeditsina tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
🏥 Unda klinikaning xirurgik bo‘limlarida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘quv xonalariga translyatsiya qilinadi. Talabalar ushbu jarayonda shifokorga o‘z savollarini berish va shu paytning o‘zida javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📌 Shuningdek, 420 o‘rinli faollar zali, garderob, 400 o‘rinli oshxona ham talaba va institut jamoasi xizmatida
Leave a Comments