Andijon viloyat

sog'liqni saqlash boshqarmasi

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (keyinchalik matnda Boshqarma) sog‘liqni saqlash bo‘yicha viloyat boshqaruvi hisoblanib, o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunadi. Boshqarma faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Andijon viloyatining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.
Boshqarma faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari asosida yuritiladi.

Boshqarma 25 ta viloyat davolash profilaktika muassasalari hamda 17 ta shahar va tuman tibbiyot birlashmalarini oʼz ichiga oladi.
Boshqarma yuridik shaxs boʼlib, oʼziga tegishli mulkni, kirim – chiqim harajatlarini, bankdagi hisob –kitoblarni boshqarish va oʼz nomi egalik qilish huquqiga ega.